March 18
🎒 WestCamp Oromgohiga tayyorgarlik: Check-list
Farzandni WestCamp oromgohiga yuborishda uning shaxsiy buyumlarini to'g'ri jamlash — qulay va xavfsiz dam olishning garovidir. Quyida oromgohga borish uchun zarur bo'lgan narsalar va taqiqlangan buyumlar ro'yxati bilan tanishishingiz mumkin.
📌 Zaruriy hujjatlar
Hujjatlarsiz bola oromgohga qabul qilinmaydi:
- 079-shakldagi tibbiy ma'lumotnoma — majburiy hujjat.
- Yo'llanma (Putyovka) — bolaning smenada ishtirok etishini tasdiqlaydi.
🎒 Nimalarni olish lozim?
👕 Kiyim-kechak
Ob-havo o'zgarishlarini hisobga olgan holda qulay kiyimlarni tanlang:
- Almashish uchun kiyimlar — futbolkalar, shortilar, sport shimlari.
- Uxshash uchun kiyim — pijama yoki qulay tungi kiyim.
- Issiq kiyim — salqin ob-havo uchun qalinroq kofta, vetrovka yoki kurtka.
- Ichki kiyim va paypoqlar — kamida 5 komplekt.
- Cho'milish kiyimi (plavki/kupalnik) — hovuz uchun.
- Sport formasi — faol o'yinlar va musobaqalar uchun.
- Bosh kiyim — quyoshdan himoyalanish uchun majburiy (kepka, panama yoki bandana).
👟 Poyabzal
🛁 Shaxsiy gigiyena vositalari
- Tish cho'tkasi va tish pastasi.
- Sovun, shampun, mochalka.
- Taroq.
- Sochiq (dush va hovuz uchun).
- Antiseptik va tibbiy niqoblar to'plami.
💊 Dori-darmonlar
Agar bolada doimiy ichiladigan maxsus dori vositalari bo'lsa, ularni qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan birga oromgoh tibbiy xodimiga topshirish lozim.
🎒 Foydali buyumlar
- Sayrlar uchun kichik ruka yoki sumka.
- Bloknot va ruchka.
- Kichik fonus (fonarik).
- Sevimli kitob yoki stol usti o'yinlari (pazl).
🚫 Nimalarni olish taqiqlanadi?
- Qimmatbaho buyumlar — pul, planshet, noutbuk, fotoapparat. Oromgoh ularning saqlanishi uchun javobgar emas.
- Tez buziladigan mahsulotlar — go'shtli va sutli mahsulotlar, mevalar va boshqa tez buziladigan yeguliklar.
- Xavfli buyumlar — o'tkir tig'li asboblar, gugurt, zajigalka.
📍 Jo'nab ketish joyi va vaqti
- Yig'ilish joyi: Temir yo'llari boshqarmasi (Upravleniye) turargohi. Mo'ljal: Shahrisabz ko'chasidagi Yoqub Kolas haykali (sobiq Zulfiya haykali). Yaqin atrofdagi mo'ljallar: San'at muzeyi, 110-maktab.
- Yig'ilish vaqti: Ertalab soat 07:00.
- Jo'nab ketish vaqti: Soat 08:30.
Eslatma: Bolaning yuklari (chemodani) oromgohga oldindan maxsus yuk mashinasida yuboriladi.