March 18

👨‍👩‍👧‍👦 Ota-onalar uchun qoʻllanma

Farzandingizni WestCamp oromgohiga yuborar ekansiz, uning xavfsizligi, boy dasturi va unutilmas hissiyotlariga amin boʻlishingiz mumkin! Biz smena qanday oʻtishi, joʻnab ketishdan tortib oromgoh hayoti yakunigacha bolani nimalar kutayotganini tushunishga yordam beruvchi batafsil yoʻriqnomani tayyorladik.

📍 Oromgohdagi birinchi kun

1. Roʻyxatdan oʻtish va joʻnatish

  • Ota-onalar va bolalar belgilangan joyga soat 7:00 gacha yetib kelishadi.
  • Roʻyxatdan oʻtish jarayoni boʻlib oʻtadi va yoʻllanma (putyovka) muhr bilan tasdiqlanadi.
  • Bolalarning yuklari maxsus yuk mashinasiga yuklanadi va oromgohga vaqtliroq joʻnatiladi.

2. Avtobuslarga oʻtirish

  • Sardorlar (vojatiylar) va oʻqituvchilar bolalarni avtobus raqamlari yozilgan maxsus jadvalchalar bilan kutib olishadi.
  • Yoʻllanmaga avtobus raqami yoziladi va bola oʻz joyini egallaydi.

3. Oromgohga yoʻl

  • Maksimal xavfsizlikni taʼminlash uchun avtobuslar DYHXX (GAI) va FVV (MChS) xodimlari kuzatuvida harakatlanadi.

4. Yetib kelish va joylashish

  • Bolalar otryadlar va xonalar boʻyicha taqsimlanadi.
  • Sardorlar bilan tanishuv va xavfsizlik qoidalari boʻyicha yoʻriqnoma oʻtkaziladi.

5. Joylashish va hordiq

  • Soat 12:30 – 13:30 da — tushlik.
  • Tushlikdan soʻng — kiyimlarni joylashtirish va dam olish vaqti.
  • Ob-havo qulay boʻlsa, bolalar nazorat ostida hovuzga borishlari mumkin.

6. Taʼlimiy qism

  • Peshindan keyingi yengil tamaddidan soʻng ingliz tili boʻyicha birinchi dars/test oʻtkaziladi. Oʻqituvchilar bolalarning bilim darajasini aniqlab, guruhlarga ajratadilar.

7. Kechki dastur

  • Smenaning tantanali ochilish marosimi: bayroqlarni koʻtarish, sardorlar raqsi va birinchi diskoteka.

8. Soat 22:00 – 22:30 da — uyqu (otboy)

  • Bolalar uyquga tayyorgarlik koʻrishadi va ertangi yangi kun uchun kuch yigʻishadi.

🍽️ Ovqatlanish

Oromgohda kuniga 5 mahal toʻliq ovqatlanish tashkil etilgan:

  • Nonushta — kunni tetik boshlash uchun toʻyimli taomlar.
  • Ikkinchi nonushta — faol mashgʻulotlar oldidan yengil tamaddi.
  • Tushlik — issiq va balanslashtirilgan asosiy taomlar.
  • Peshindan keyingi tamaddi (poldnik) — yangi mevalar, shirinliklar.
  • Kechki ovqat — uxlashdan oldin yengil, ammo toʻyimli taom.

🏃‍♂️ Faollik va sport

Har bir kun harakat va sarguzashtlarga boy!

  • Badantarbiya — musiqa ostida ertalabki mashqlar.
  • Sport — futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi va boshqa seksiyalar.
  • Suv mashgʻulotlari — instruktorlar nazorati ostida hovuzda choʻmilish.
  • Estafetalar — jamoaviy ruh va chidamlilikni rivojlantirish.

📚 Ingliz tili

Oʻqitish oʻyin shaklida olib boriladi:

  • Rollarga boʻlinib oʻynash — tilni amaliy qoʻllash.
  • Qoʻshiqlar, filmlar va sahna koʻrinishlari — ingliz tilini oʻrganishning qiziqarli va samarali usuli.
  • Interaktiv topshiriqlar — soʻz boyligini oshirish va talaffuzni mashq qilish.

🎭 Ijodkorlik va toʻgaraklar

Har bir bola oʻziga mos sevimli mashgʻulotni topadi!

  • Tasviriy sanʼat — rasm chizish, loy bilan ishlash va qoʻl mehnati.
  • Kino va montaj — bolalar oʻz kliplari va mini-filmlarini suratga olishadi.
  • Raqs va teatr — aktyorlik mahoratini namoyish etish.

🛡️ Xavfsizlik va tibbiy yordam

  • Oromgohda tunu-kun shifokor va hamshira navbatchilik qiladi.
  • Zarurat tugʻilganda tibbiyot muassasasiga zudlik bilan yetkazish tashkil etiladi.
  • Barcha sardorlar va instruktorlar birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan.
  • Hudud oʻralgan, qoʻriqlanadi va 24 soatlik videokuzatuv ostida.

🏡 Yashash sharoitlari

WestCamp soʻlim togʻli hududda, musaffo havo va yashillik qoʻynida joylashgan:

  • Xonalarda 6 kishidan joylashish — tengdoshlar bilan muloqot va yangi doʻstlar orttirish uchun qulay.
  • Ikki qavatli krovatlar — shaxsiy buyumlarni saqlash uchun alohida joylar bilan taʼminlangan.
  • Sanuzel va dush xonalari har bir blokda alohida joylashgan va muntazam ravishda tozalanadi.
  • Tozalik nazorati — xonalar har kuni yigʻishtiriladi.

📞 Band qilish va yoʻllanma sotib olish uchun:

  1. +998 (99) 006-82-82
  2. +998 (90) 964-82-82
  3. +998 (90) 984-82-82

🕘 Ish vaqti:

— Dushanba – Shanba: 09:00 – 19:00

— Yakshanba – Dam olish kuni

WestCamp – bolalar yangi ufqlarni kashf etadigan, do'stlar orttiradigan va yozning eng yorqin lahzalarini yashaydigan maskan!